Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko'l tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahar markaziy dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan X.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro K.SH.ga 4 100 AQSH dollarini 46,1 mln so'mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.