Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi O.A., ariza bilan murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan bank kartasidan nomaʼlum shaxs bir million soʻmga yaqin pullarini yechib olganligini maʼlum qilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni va pullarini qaytarishda amaliy yordam berishni soʻragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, pullarni talon-toroj qilgan shaxs Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi, muqaddam shu turdagi jinoyatlar bilan sudlangan, 2006-y.t., M.U. ekanligi aniqlangan.

M.U.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi.