Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

Oʻtkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Namangan tumanida fuqaro Q.F. Sirdaryo oʻzanidan oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qum-shagʻal qazib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi prim 1-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Maʼlumot uchun, respublikamiz boʻylab noqonuniy qum-shagʻal qazib olishga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qatʼiy qonuniy javobgarlikka sabab boʻladi.