Soʻnggi yillarda mamlakatda oʻquv-pedagogik jarayonga innovatsion ilgʻor va xalqaro taʼlim standartlarini joriy etishga, kadrlar salohiyatini oshirishga hamda taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni vaqtda respublikamizning barcha viloyatlarida Yuridik texnikumlar oʻrta maxsus yuridik kadrlarni yetkazib bermoqda. Bu oʻz navbatida, oliy yuridik kadrlar tayyorlash sohasida sogʻlom raqobatni yuzaga keltirishi bilan birga yurtimizda oliy yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirishning oʻz vaqtida qabul qilingan eng toʻgʻri yechimidir.
Bugun ilm dargohini tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Namangan viloyati hokimi, Adliya vaziring oʻrinbosari va bir qator soha vakillari, nuroniy va yoshlar ishtirok etishdi.
600 oʻringa moʻljallangan taʼlim maskani barcha qulayliklarga ega boʻlgan jihozlar bilan taʼminlandi. Qolaversa, katta va yorugʻ sinf xonalari, faollar zali, IT klubi, “Yuridik klinika” markazi, zakovat klubi, sud zali, zamonaviy oshxona, Axborot resurs markazi, yigit va qizlar uchun alohida yotoqxonalar, sport zal va stadion yoshlarimizni sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun sharoit yaratadi.