Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

    Ta'lim 3 Oktabr 2023 1836

    Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

    Maʼlumki, 2023-yil 26–30-sentabr kunlari 2023/2024-oʻquv yili uchun professional taʼlim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari oʻtkazildi.

    Bunda talabgorlarning test sinovida toʻplagan ballari test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilib borildi.

    Professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boʻyicha yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirigi matbuot xizmati xabar qildi.

    Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

    Eslatma: test sinovi natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4-oktyabr kunlari) professional taʼlim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.