Bu haqda namangan xabarlari telegram kanalida maʼlum qilindi.
Uning bu qurilmasi bilan xitoylik kompaniyalar qiziqishmoqda va Muhammadjonga hamkorlik taklif etishdi.
— Bu qurilmani yetti oy davomida yasadik, mukammallashtirdik. Buning ustida yana ishlamoqdamiz. Ixtironi mualliflik huquqini patentlash jarayoni boshlandi. Bizning gʻoyalarimiz koʻp. Oʻzim yoshligimdan detallarni yigʻib, terishga qiziqaman. Bu qiziqishimiz bugungi kunga kelib, menga manfaat keltirmoqda, - deydi ixtirochi.
Bu ixtiro bitta nonvoyxonada yetti kishining ishini bajarmoqda.
Hozirda ushbu qurilma Namangan shahrining Zarbdor va Goʻzal dahalaridagi nonvoyxonalarda ishlatilmoqda. U soatiga yetti yuzta zuvala tayyorlash quvvatiga ega.
Mana sizga innovatsiya, deyiladi xabarda.