3 kunlik forum doirasida ochiq muloqotlar, treninglar, startap loyihalar taqdimotlari uyushtirildi. Kuni kecha “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari soha va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha jamoaviy tartibda loyihalarini taqdimot qilishdi.
Namangan viloyatidan ham 5 nafar klub aʼzolari mazkur forumda oʻzlarining innovatsion loyihalari bilan faol qatnashdilar.
Forum soʻngida ekspertlarning xulosasiga koʻra: Namangan viloyati “Kelajak liderlari” klubi “e-kitobxon” loyihasi eng yaxshi loyiha sifatida eʼtirof etildi.
Viloyatimiz yoshlarini forumdagi muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan samimiy qutlaymiz. Kelgusida ularga xalqchil davlat xizmatini koʻrsatishda shijoat va zafarlar tilaymiz.
Oʻz muxbirimiz.