“NBA ALLIANZ” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan loyihaning qiymati 13 million dollarni tashkil etadi, shundan 5,5 million dollari toʻgʻridan — toʻgʻri xorijiy investitsiyalardir. Import qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kirgan ushbu loyiha yiliga eksportga yoʻnaltirilgan 30 ming tonna turli xil karton turlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan. Umumiy eksport hajmi kamida 5 million dollarni tashkil etadi.

Loyiha ishga tushishi natijasida 80 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Korxona 2023-yilning birinchi choragida faoliyatini kengaytirib, yana qoʻshimcha 70 ta yangi ish oʻrinlarini ochadi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.