Ehtimol, siz, hech zamonda bino ham badiiy asar qahramoni boʻlishi mumkinmi, deb soʻrarsiz. Lekin Sanʼat nomli oqsoch momo qalʼalar va qoʻrgʻonlar, saroy va qasrlar, masjidu madrasalar, butxonayu kalisolar haqida otashin harorat va mahorat bilan bitilgan qanchadan-qancha goʻzal asarlarga doya boʻlgani tarixdan yaxshi maʼlum.
Loaqal “Bibi Maryam ibodatxonasi”, «Saddi Iskandariy», «If qalʼasining mahbusi», «Arbat bolalari», “Daryo boʻyidagi uy” kabi asarlarni eslash kifoya. Shu maʼnoda, Navoiy – 30 oʻz siymosida ham qalʼa, ham qoʻrgʻon, ham saroy, ham dorilfununga xos jamiki belgi-alomatlarni mujassam etgani uchun, hech shubhasiz, badiiy asarning toʻlaqonli qahramoni boʻlishga mutlaqo munosibdir.
Mazkur kitob muallifi taniqli yozuvchi Xayriddin Sulton va “Mashhur-press” nashriyoti kitobda uchrashi mumkin boʻlgan ayrim oʻxshash holatlar tasodif ekanini qayd etadi.