Olimpiada ikki bosqichda tashkil etilib, saralash bosqichi joriy yilning 9 aprel sanasida onlayn tarzda o‘tkazilgan edi. Saralash bosqichidan 255 nafar eng salohiyatli yoshlar final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgandi. Kuni kecha poytaxtimizda ushbu olimpiadaning final bosqichi o‘tkazildi.

"Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Nurota tumanidan kelgan Ma’mur Xushvaqtov mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchi ham kumush va bronza medali sohibi bo‘ldi. Ularga ham 2 million so‘mdan pul mukofoti va "Yangi O‘zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so‘mlik grant taqdim etildi.

Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.