Prezident: Soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash ustuvor vazifamiz boʻlib qoladi
Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini taʼkidladi.
Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini taʼkidladi.
Bugungi kunda Oliy Majlis eng kuchli parlamentlarga xos boʻlgan barcha nazorat vakolatlariga ega. Xususan, 2023-yildan buyon tashqi qarz miqdorini parlamentimiz belgilab kelmoqda.
Oltinchi ustuvor yoʻnalish – zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettiriladi.
“Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Shu bois, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanishni davlat siyosati darajasiga olib chiqdik”...
Chang-toʻzonlarning oldini olish uchun Surxondaryoda 10 ming gektarda “yashil makon” va Sirdaryoda 84 kilometrli “yashil devor” barpo etiladi.
Ekologik avtomobillarni koʻpaytirish boʻyicha besh yillik dastur amalga oshiriladi.
Shaharlardagi tirbandliklar nafaqat odamlar hayotini qiyinlashtirmoqda, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi.
Beshinchi ustuvor yoʻnalish – ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish.
Iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlari uchun yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashga eʼtiborni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish boʻyicha besh yillik dastur tasdiqlandi.
Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish kelgusi yil uchun dasturning toʻrtinchi ustuvor yoʻnalishidir.
Aholi daromadi, xorijiy sayyohlar oqimi tobora ortib borayotgani kelgusi besh yilda oziq-ovqatga boʻlgan talabni 1,5 karra oshiradi.