Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?

    Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

    Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.

    Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

    Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi:

    — nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha;

    — ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln soʻmdan 4,5 mln soʻmgacha;

    — nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

    Ushbu huqubuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.