Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova:
- Pandemiya tez rivojlanayotganligi sababli, butun dunyo olimlari bir joyda toʻxtamayapti, ular doimiy izlanishda Virusning yangi qirralari hamda yangi davolash usullari ustida muntazam ish olib borilmoqda.
Shuning uchun ham har bir davlat qoʻllanmani mahalliy sharoitlarga moslagan holda ishlab chiqadi va har qanday vaqtda qoʻllanma toʻldirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Shuning uchun ushbu qoʻllanmalarni biz vaqtincha tavsiyalar asosida yaratilgan qoʻllanma deymiz.
Oʻzbekistondagi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlarga tibbiy yordam koʻrsatadigan mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan ushbu klinik koʻllanmalar hozirgi kunga mavjud klinik dalillar, yaxshi tajriba va ekspert xulosalari asosida yaratilmoqda.
Qoʻllanma tayyorlashda quyidagi ikkita ustuvor yoʻnalishlar hisobga olindi:
COVID-19 infeksiyasi yuqishi ehtimolini kamaytirish.
COVID-19 infeksiyasi gumon qilinganda va/yoki tasdiqlanganda, xavfsiz tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlash.