Al-Aqso masjidi kutubxonasida saqlanayotgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qoʻlyozmalari elektron nusxasi Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqida “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev maʼlum qilgan.

Agentlik 12 ta xorijiy davlatning manfaatdor tashkilotlari bilan 15 ta ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlik hujjatlarini imzoladi.

Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston hududiga evakuatsiya qilinganlar taqdiriga aloqador maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arxiv hujjatlarini kataloglashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Milliy arxivlar va davlat arxivlari oʻquv zallariga Rossiya, Isroil, Germaniya, Kanada, Polsha, Avstriya, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi xorijiy mamlakatlardan jami 25 ga yaqin tadqiqotchi tashrif buyurgan hamda oʻzlarining tadqiqot ishlari boʻyicha tegishli arxiv materiallaridan foydalangan.