Musobaqada “Masters” guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov tur doirasida amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surdi va durangga erishdi.
Ushbu durangdan soʻng Nodirbekning hisobidagi ochkolari soni 6 taga yetdi. U hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.
Afsuski, “Chellenjer” tasnifida qora donalarda harakat qilgan Javohir Sindorov turkiyalik Mustafa Yilmazga imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Ertaga, 23-yanvar xalqaro turnir dasturiga binoan “Masters” va “Chellenjer” guruhlarida dam olish kuni etib belgilangan.
Har ikki guruhdagi 9-tur oʻyinlari 24-yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymer bilan roʻbaroʻ kelsa, Sindorov amerikalik Mishra Abximanyu bilan kuch sinashadi.