Ana shu jihatlarni eʼtiborga olgan holda, yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha konfessiya vakillariga bir xilda eʼtibor qaratilib kelinadi. Diniy konfessiyalarga taalluqli boʻlgan yangi diniy tashkilotlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi esa mazkur konfessiyalarga mansub fuqarolarning diniy ehtiyojlarini oʻrganish asosida amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yil 7-avgust kuni Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand shahar, Gagarin koʻchasi 4-uy joylashgan “Yettinchi kun xristian adventistlar cherkovi” cherkovi 320-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarimizda Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qatʼi nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qoʻyilgan boʻlib, ularga oʻz milliy madaniyati, anʼana va urf-odatlarini saqlash va har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarning taʼminlanishi belgilab berilgan hamda amalga oshirilib kelinmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

Matbuot xizmati