Hujjatga koʻra, daraxt va butalar kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilmoqda.
Bu davrda har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli (5 yosh va 2 metrdan kam boʻlmagan) koʻchat ekish va ularni 2 yil davomida parvarish qilish tartibi belgilanmoqda.
Noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun esa 3 yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup koʻchat ekish majburiyati kiritilmoqda.