Jumladan, Bogʻot tumani dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan X.O. fuqaro M.ga 4 200 AQSH dollarini 46,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bekobod shahar dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻallanib kelgan (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) A.R. fuqaro R.ga 3 550 AQSH dollarini 39,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Buxoro shahar savdo majmuasi atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullangan (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) U.Ya. fuqaro D.ga 220 ming Rossiya rublini 38,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.