Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

Oʻrganishlar natijasida, mazkur MCHJ Davlat xaridlari portal orqali amalga oshirgan 120 000 000 soʻmlik tanlov savdolarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli Nizom talablarini buzish alomatlari bilan “Nukus xalqaro aeoroporti” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.