Bu yerda inson huquqlari buzilmoqda, deb xabar bermoqda Frans Press hujjatlarga tayanib.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Kongo Demokratik Respublikasi advokatlari orqali shu hafta Applening Fransiyadagi ikkita filialiga sudgacha bo'lgan rasmiy xabarnoma yuborgan. Maktub, shuningdek, bosh kompaniyaga ham yuborilgan, deb xabar beradi Franc Press.
“Kongo davlati Appleni o'z mahsulotlarida ko'plab inson huquqlari buziladigan Kongo konlaridan noqonuniy qazib olinadigan foydali qazilmalardan foydalanganlikda ayblaydi”, deya xabar beradi agentlik.
Advokatlarning ta'kidlashicha, foydali qazilmalar “Kongo Demokratik Respublikasidan, xususan, Ruandaga eksport qilinadi va qonuniylashtiriladi”.
1976-yilda tashkil etilgan Amerikaning Apple korporatsiyasi shaxsiy va planshet kompyuterlar, audiopleerlar, telefonlar, “aqlli” soatlar va dasturiy ta'minot ishlab chiqaradi, deb xabar beradi ria.ru.