Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunga koʻra, har bir mahalla kesimida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan mol-mulk va yer soligʻining 10 foizi hisobidan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi”ga oʻtkazilgan mablagʻlar va amalga oshirilgan xarajatlarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jumladan, har bir mahalla kesimida:

— jamgʻarmaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar;

— amalga oshirilgan xarajatlar miqdori va yoʻnalishlari;

— jamgʻarmadagi mavjud qoldiq mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.