Holsizlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, quloqning shang'illashi, yurak urishining tezlashi va havo yetishmasligi oftob urishning dastlabki belgilari sanaladi. Bu haqda umumiy amaliyot shifokori va diyetolog Yelena Tixomirova aytib o'tdi.
Shifokorning qo'shimcha qilishicha, oftob urishi transportda yoki kichik va dimiqqan xonada o'tirganda yuz berishi mumkin. Ko'p hollarda tashqariga chiqib havo almaytirilsa, alomatlar yo'qoladi. Ahvol 10 daqiqada yaxshilanmasa, tibbiy yordamga murojaat qilish va tanani sovitish zarur.
Tixomirovaning so'zlariga ko'ra, agar odam hushini yo'qotgan bo'lsa, imkon qadar tezroq tez yordam chaqirilishi kerak. Bemorni salqin joyga olib o'tish, yotqizish lozim. Agar u o'ziga kelmagan bo'lsa, uning boshini bir tomonga qaratib qo'yish kerak.
Oftob urishning oldini olish uchun yetarli miqdorda suv ichish, issiqda jismoniy faollikni cheklash, quyosh qizitadigan paytda – soat 11:00 dan 16:00 gacha ko'chaga chiqmaslik, yengil va keng kiyim kiyish tavsiya qilinadi, deb xabar beradi mir24.tv.