Bugun og'ir atletika bo'yicha terma jamoamiz  Ukrainaga 21 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'iniga jo'nab ketishdi. SHundan so'ng ular Turkiyada ham yana 21 kun yig'in o'tkazadi.

Mazkur safarlar og'ir atletikachilarimiz uchun yilning ikki mas'uliyatli musobaqasi – aprel oyida Toshkentda bo'ladigan Osiyo chempionati va Tokio Olimpiadasi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Qit'a chempionatidan so'ng Tokio Olimpiadasida ishtirok etuvchi tarkibimiz deyarli aniq bo'ladi. Shu bois unga jiddiy tayyorgarlik talab qilinadi.

Jamoamiz  safariga 14 nafar sportchi, 2 murabbiy va 1 massajchi bilan yo'l olmoqda. Tarkibda Ruslan Nurudinov, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo'raev kabi asosiy tarkib vakillari qatorida bir nechta yosh va umidli atletlarimiz ham bor.