OKMK: ruda qazib olish yillik rejasini muddatidan oldin bajarildi

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qator tarkibiy boʻlinmalari birin-ketin 2022-yil uchun belgilangan rejaviy vazifalarni muddatidan avval bajarishmoqda.

    Jumladan, Qalmoqqir kon boshqarmasining “Sariq Choʻqqi” koni mehnat jamoasi ruda qazib olish rejasini muddatidan oldin bajarishga erishdilar.

    Mehnat jamoasi tomonidan 4 million 800 ming tonna ruda qazib olindi.

    Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida ushbu mehnat jamoasi tomonidan 2 million 846 ming metr kub togʻ jinsi qazib olinib, ushbu yoʻnalishda ham yillik vazifa ado etilgan edi, deb xabar beradi OKMK Axborot xizmati.