Olimlar Marsda kislorod ishlab chiqarish uchun plazma qurilmasini yaratdi

    Amerikalik va yevropalik fizik olimlar Mars atmosferasida mavjud bo‘lgan karbonat angidrid molekulalaridan kislorod ajratib olish imkonini beruvchi plazma qurilmasini ishlab chiqdi. Bu haqda Amerika fizika instituti (AIP) matbuot xizmati xabar berdi.

    Lissabon universiteti dosenti Vasko Gerra Marsda kislorod ishlab chiqarish o‘zlashtiruvchilar birinchi duch keladigan eng muhim va energiya talab qiladigan vazifalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.

    AIPda ta’kidlanishicha, fiziklarning ishlanmasi CO2 siyraklashtirilgan plazma ichiga joylashtirilsa unchalik barqaror bo‘lmasligiga asoslanadi. Uning ichidagi elektronlar ionlar va neytral molekulalarga qaraganda yuqori energiyaga ega. Nazariy jihatdan bu karbonat angidridni uglerod oksidi va kislorodga bo‘linish imkonini beradi.

    Olimlar o‘tkazgan bir qator tajriba ularga kislorod deyarli uglerod oksidi bilan birlashmaydigan va yangi CO2 molekulalarini hosil qilmaydigan bunday operasion parametrlarni tanlashga yordam berdi.

    Tadqiqotchilar plazma yordamida kislorod ishlab chiqarish Mars havosini 30-40 darajadan yuqori haroratda va yuqori bosimda isitishni talab qilmasligini ta’kidladi.