Sakkiz yil davom etgan klinik sinovda olimlar georgina guli yaproqlaridan ajratilgan uchta birikmani sinab ko'rishdi. Tajribada qandli diabetga chalinish arafasidagi hamda diabetning ikkinchi turi tashxisi qo'yilgan odamlar ishtirok etishdi. Hayvonlar ishtirokida o'tkazilgan avvalgi sinovlar birikma miyadagi yallig'lanishni kamaytirishini, miya insulin gormoniga sezgirlikni oshirishini va qondagi qand miqdorini tartibga solishini ko'rsatdi.
Endi ma'lum bo'lishicha, georgina ekstraktidan olingan o'simlik molekulasi qandli diabetga chalingan bemorlarning qondagi qand miqdorini barqarorlashtiradi.
Texnologiya allaqachon patentlangan va tadqiqotchilar qondagi qand miqdori va insulin darajasini me'yorda saqlashga yordam beradigan georgina ekstrakti bor tabiiy qo'shimchani bozorga chiqarish uchun tijorat kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishdi, deb xabar beradi lenta.ru.