Italiyaning Triyest shahridagi Xalqaro genetik muhandislik markazi (ICGEB) tadqiqotchisi Serena Zakkinya boshchiligidagi guruh yurakning doimiy harakati saraton hujayralari rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini taklif qilishdi.

Tadqiqot davomida olimlar bir nechta sichqonlarga ikkinchi yurakni ko‘chirib o‘tkazishdi. Bu yurak qon bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, u to‘liq ura olmadi va nasos vazifasini bajarmadi. Keyin o‘sma hujayralari hayvonlarning tanasiga kiritildi.

Natijada, ura olmaydigan yurak o‘sma hujayralari tomonidan to‘liq shikastlangan, normal ishlaydigan yurak esa saraton kasalligiga chalinmagan.

Olimlar qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazdilar va saraton hujayralariga eng ko‘p ta’sir qiluvchi omilni aniqladilar. Ular yurak to‘qimasini o‘stirishdi va hujayralarning bosim va cho‘zilishga reaksiyasini kuzatishdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omil bosimdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kashfiyot kelajakda saraton kasalligini davolashning yangi usullarini ishlab chiqishga yo‘l ochishi mumkin. Biroq, bu natijalarni amalda qo‘llash imkoniyati hali to‘liq aniqlanmagan, deb xabar berdi kazinform.