Roppa-rosa 27 yil muqaddam butun Respublikamiz boʻylab mazkur gʻalabamiz katta shodiyona bilan nishonlangan edi. Afsonaviy fristaylchimiz Lina Cheryazovaning ushbu oltin medali biz uchun qishki Olimpiya oʻyinlarida yagonaligicha qolmoqda.

Maʼlumot uchun, birgina ushbu natija Lillexammer Olimpiadasida delegatsiyamizning Fransiya, Finlyandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Niderlandiya kabi qishki sport turlarida yetakchi hisoblanmish davlatlardan umumjamoa hisobida yuqori oʻrinda turishimizni taʼminlagan edi.