Buni aniqlash uchun 130 ming nafar kovidga chalingan bemorlarning maʼlumotlari oʻrganilgan.

Tadqiqot natijasiga koʻra, “omikron” avvalgi shtamlar kabi jiddiy va xavflidir. Bu virus turi xavfsiz ekani haqidagi xabarlarni rad etadi. “Biz “omikron”da kasalxonaga yotqizish va oʻlim xavfi deyarli bir xil ekanini aniqladik. Tahlillarimiz u “delta” va kovidning oldingi variantlari kabi ogʻir kechishini koʻrsatadi”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, aynan vaksinalar “omikron”ning oʻlim va kasallanish darajasini ushlab turishga yordam bergan.