Hozir u 600 dan ortiq subvariantga ega va rivojlanish jarayoni toʻxtagani yoʻq. Xususan, soʻnggi paytlarda dunyoning qator davlatlarida “kraken” nomini olgan XBB.1.5 versiyasi shiddat bilan tarqalmoqda.
Tahlillarga koʻra, koronavirusning bu subvarianti garchi nisbatan yengil asoratlar bilan oʻtayotgan boʻlsa-da, ammo u oʻta yuquvchanligi bilan ajralib turadi. Shu bois XBB.1.5 AQSH va Yevropaning koʻplab mamlakatlarida allaqachon dominant versiyaga aylanib ulgurgan.
Ayni sababdan JSST dunyo aholisi toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishi zarurligini takror-takror eslatmoqda. Bu tavsiyalarga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub qatlam — keksalar, surunkali kasalliklarga chalinganlar, immuniteti zaif kishilar, tibbiyot xodimlari va homilador ayollar amal qilishlari kerak.