Taʼkidlanishicha, omikron yoʻtal, isitma, taʼm va hidni yoʻqotish bilan kechishi mumkin. Biroq, infeksiyadan keyin odamda baʼzida davom etadigan ikkita noodatiy alomat mavjud: bel ogʻrigʻi va bosh aylanishi.

“Yangi mutatsiya kuchli mialgiya (mushak ogʻrigʻi) bilan birga keladi”, dedi doktor Enn Meri.

Omikron shtammi deb ham ataladigan B.1.1.529 koronavirus mutatsiyasi noyabr oyi oxirida Bosvana va Janubiy Afrikada aniqlangan. U patogenning hujayralarni yuqtirishi uchun muhim boʻlgan S-oqsilida oʻnlab oʻzgarishlarni amalga oshiradi.

Olimlarning fikriga koʻra, genomdagi koʻplab oʻzgarishlar bu turning yuqori oʻtkazuvchanligi va himoya antitanachalarga chidamliligini koʻrsatadi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.