Muloqot chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Oʻmon hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar Oʻmon ishbilarmon doira vakillarining Oʻzbekistonda investitsiyaviy loyihalardagi ishtirokini faollashtirish, mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Shayx Feysal al-Ravvos joriy yilning 2-3-may kunlari boʻlib oʻtadigan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida Oʻmon Savdo, sanoat va investitsiyani rivojlantirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi ishtirok etishini bildirdi. Forum doirasida Oʻzbekiston va Oʻmon Savdo-sanoat palatalari oʻrtasida yangilangan anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida Maskatda “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi oʻzbek mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.