Musobaqa avtomobillar, baggi va motopoyga boʻyicha professional sportchilar oʻrtasida tashkil etilib, unda jami 8 mamlakatdan 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Asosiy musobaqalar Orol dengizining qurigan tubida – Ustyurt tekisligi boʻylab tashkil etilib, unda sportchilar bor mahoratlarini ishga solgan holda 100 million soʻmni tashkil etuvchi gʻoliblik mukofoti uchun kurash olib bordi.
Yakunda dvigatel hajmi 1600 sm3 boʻlgan avtomobillarda kurash olib borganlar orasida Toshkent shahri vakillari 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2-oʻrin jizzaxlik sportchilarga, 3-oʻrin qashqadaryolik sportchilarga nasib etdi.
Dvigatel hajmi 2000 sm3 boʻlgan maxsus uskunalangan sport avtomobillarida oʻtkazilgan musobaqalarda ham poytaxtliklar tengsiz ekanligini isbotladi. 2-oʻrin uchun andijonlik ota-bola sportchilar, 3-oʻrin uchun samarqandlik sportchilar taqdirlandi.
Shu oʻrinda tadbir jarayonlarini xorijda va mahalliy OAVlarda keng targʻib etish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan jurnalistlar va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.