Shu kunlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti professori Zinoviy Novitskiy boshchiligida ekish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda o'simliklar 1 oylik. Ular qurg'oqchilikka chidamli bo'lganligi bois og'ir cho'l sharoitida ham 4 metrgacha o'sa oladi. Uning ekish texnologiyasi noyobligi shundaki, ekish jarayonida ko'chatlar o'rniga ildiz kurtaklari o'tqaziladi.
– Bular Orol dengizining qurigan tubi uchun boshqa hududlardan olib kelingan. 1-2 yil ichida Orolning barcha hududlaridA Arundo donax o'simliklari ekiladi, chunki ildiz so'rg'ichlari tez unib chiqadi. Ushbu o'simlik tuzli shamollarning oldini oladi, uning poyasidan qurilish, to‘qimachilikda foydalaniladi, shuningdek, uni yem-xashak sifatida ham ishlatish mumkin”, — deydi Z.Novitskiy.
Aytish joizki, Z.Novitskiy Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiat resurslari vazirligining taklifiga ko'ra Ostona shahrida bo'lib, qozog‘istonlik hamkasblari bilan loyihaning muvaffaqiyatli natijalari xususida o‘rtoqlashdi.