Kecha oʻsmirlar oʻrtasida jami 8ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarli jihati, dzyudochilarimiz 8ta vazn toifasida oʻtgan bellashuvlarda 9ta medal qoʻlga kiritishdi. Shundan 5 tasi oltin, 3 tasi kumush va bittasi bronza medalidir.

Oʻz vazn toifalarida Suhrob Poʻlatov (-60 kg), Elbek Tojiyev (-66 kg), Laziza Haydarova (-40 kg), Ulbusin Hakimova (-44 kg) va Muhayyo Ahmatova (-48 kg) Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor boʻlishdi.

Zamohshari Bekmurodov (-55 kg), Sardor Himmatov (-60 kg), Soʻgʻdiyona Rafkatova (-52 kg) esa kumush, Fazliddin Shokirov (-50 kg) bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati davom etmoqda va biz bugungi bellashuvlarda ham yosh sportchilarimizga omad tilaymiz.