Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi natijalariga koʻra 8 nafar oʻquvchi saralab olingan va ular may oyida boʻlib oʻtadigan Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok yetib, Oʻzbekiston sharafini himoya qiladilar. Unda yeng yuqori natijani qayd yetgan 5 nafar oʻquvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.
Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
- Javohir Sultonov — Toshkent shahridagi Mirzo Ulugʻbek maktabi, 11-sinf oʻquvchisi;
- Jasurbek Gʻulomjonov — Namangan viloyatidagi 71-maktab, 11-sinf oʻquvchisi;
- Nozimaxon Quvondiqova — Xorazm viloyati “Toʻlqin FM” NTM 11-sinf oʻquvchisi;
- Jaloliddin Boymaxammadov — Toshkent shahridagi Mirzo Ulugʻbek maktabi 11-sinf oʻquvchisi;
- Xurshid Rustamov — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf oʻquvchisi;
- Mirshod Rajabov — Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf oʻquvchisi;
- Azizbek Yeshmoʻminov — Surxondaryo viloyati, 12-IMI 11-sinf oʻquvchisi;
- Javohir Saʼdullayev — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahridagi Prezident maktabi 9-sinf oʻquvchisi;
53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)ga iyul oyida Yaponiya davlati mezbonlik qiladi. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin oʻquvchi ishtirok yetadi, ular qatorida 5 nafar oʻzbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.