Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida Termiz tumani Nurafshon mahallasi hududidan oqib o'tuvchi “Uchqizil” kanalidan Jarqo'rg'on tumanida yashovchi fuqarolar T.T hamda A.O. tomonidan taqiqlangan usullar va taqiqlangan ov qurollari (elektrqarmoq) bilan ov qilayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bir dona rezina qayiq, bir dona akkumulyator, qo'lbola elektr qarmoq va ovlangan baliqlar ashyoviy dalillar sifatida olib qo'yildi.
Mazkur holat yuzasidan birlamchi hujjatlar tayyorlanib, hayvonot olamiga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmati.