8-yanva`, dushanba kuni uchirilgan Peregrine modulida yonilg'i sizib chiqdi. U 40 soatdan keyin quyosh energiyasini yo'qota boshlaydi. Bu haqda Astrobotic Technology dasturchi kompaniyasi X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Hozirda batareyalar yon motorlar yordamida quvvatlantirilmoqda. Asosiy dvigatellar butunlay o'chirilgan.
“Agar manevr dvigatellari ishlayotgan bo'lsa, fazoviy kema hozirgi yoqilg'i sarfiga qarab, taxminan 40 soat quyoshga yo'naltirilgan holatda qolishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Peregrine modulining eng muhim vazifasi Quyoshga yo'naltirish va quvvatlanish imkoniyatini yo'qotishdan oldin Oyga imkon qadar yaqinlashishdan iborat, deb xabar beradi korrespondent.net.