Ozarbayjon bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik kuchaytiriladi

    Investitsiyalar 15 Fevral 2024 1377

    «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida «O‘zbekiston-Ozarbayjon» investitsiya kompaniyasi bosh direktori janob Nizom Hajiev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining bugungi holati va rivojlanish yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar va to‘qimachilik korxonalarining moliyaviy ehtiyojlarining o‘sishini muhokama qilish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjonda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    Ozarbayjon tomon loyiha miqdori 1 milliondan 25 million dollargacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan moliyalashtirish mexanizmlarini batafsil taqdim etdi. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘qimachilik sanoati loyihalariga jami 100 million dollar yo‘naltiriladi.

    Tomonlar O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalari loyihalarini ko‘rib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha yaqin hamkorlikka o‘rnatishga kelishib oldilar, deb xabar beradi «O‘zto‘qimachilik sanoati» uyushmasi matbuot xizmati.

    uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Ozarbayjon jamg‘armasi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni oshirish maqsadida 2023-yilda tashkil etilgan. Ustav kapitali 500 million dollarni tashkil etadi.