Ushbu muloqotda Oʻzbekistondan 2017-yil atlas va adras tayyorlashni ilgʻor tajribasi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi reyestriga kiritilgan “Margʻilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi” rahbari R.Mirzaaxmedov ham qatnashdi.
Muloqotda qatnashgan barcha qatnashchilar Oʻzbekistonda abrli oʻzbek milliy matolar ishlab chiqarishga davlat tomonidan berilayotgan yordam va koʻmaklarni eʼtirof etishib, 2021-yilda Fargʻona viloyatida 13 ta atlas, adras va aʼlo baxmalga toʻqishga ixtisoslashgan markazlarni davlat tomonidan qurilgani u yerda hunarmandlarga dastgohlar bepul oʻrnatilgan holatda berilgani katta taassurot qoldirdi.
Muloqotda abrli matolar ishlab chiqaruvchi Indoneziyani hunarmandlari bilan Fargʻona viloyatining Margʻilon shaharidagi hunarmandlari oʻrtasida tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi, deb xabar bermoqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.