Gidrotexnik inshootning oʻrnatilgan quvvati 90 MVt boʻlib, yillik oʻrtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 300 mln. kVt.soatga teng. Quyi Chotqol GES loyihasida har birining quvvati 22,5 MVt boʻlgan 4 ta gidroagregat oʻrnatiladi. GES ishga tushirilsa, oʻrtacha 125 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi.
Qurilish obyektdagi qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishuv mobaynida Boshqaruv raisi A. Sanginov tomonidan ishchi yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida Quyi Chotqol GES asosiy inshootlarida olib borilayotgan qurilish-montaj jarayonlari, maxsus beton zavodining qurilish-montaj ishlari, qurilish laboratoriyasida tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maʼmuriy-xoʻjalik binosidagi jihozlash ishlarini yakunlash, shu bilan birga, Pskem GES qurilishi loyihasi, Pskem daryosi yuqori qismidagi istiqbolli loyihalar maydonlariga olib boruvchi yoʻl qurilishi doirasidagi vazifalar, Yuqori Pskem GTES hamda Xoʻjakent GTES loyihalari doirasidagi geologik-qidiruv ishlari, Ugom GESlar kaskadi loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari mutaxassislar ishtirokida koʻrib chiqildi hamda tahlil etildi.