Dasturga koʻra, 15 ta yangi gidroyelektr stansiyalarni (GES) qurish va 5 ta mavjud GESlarni modernizatsiya qilish hisobiga yiliga qoʻshimcha 868 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi.
Jumladan: 2022-yilda Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qoʻshimcha 173 MVt quvvat yaratish boʻyicha 7 ta;
2023-yilda Toshkent viloyatida 1 ta GES modernizatsiyasini yakunlash hamda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida jami quvvati 29 MVt boʻlgan 2 ta;
2024-yilda Andijon, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 1 ta GES modernizatsiyasini yakunlash hamda jami quvvati 122 MVt boʻlgan 4 ta;
2025-2026-yillarda Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida jami quvvati 544 MVt boʻlgan 4 ta GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihalarni ishga tushirish orqali “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini gidroyenergetika sohasida faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
“Oʻzbekgidroyenergo” AJ Axborot xizmati