2030-yilga borib Oʻzbekiston 10−15 milliard kVt/soat elektr energiyasini xorijga eksport qila oladi. Bu haqda 6-noyabr kuni Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Yevropa iqtisodiyoti kunlari mavzusida Spot nashriga bergan intervyusida energetika vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov maʼlum qildi.
«2030-yilda elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj 120−125 mlrd kVt/soat atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda. Bizda koʻplab generatsiya obyektlari mavjud — taxminan 135 mlrd kVt/soat. Infratuzilma tayyor boʻlishi bilan elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish mumkin», — dedi Energetika vazirligi rahbari oʻrinbosari.
Gap elektr energiyasini Yevropaga “kabel koridori” — “yashil yoʻlak” orqali yetkazib berish haqida bormoqda. Oʻzbekiston 2030-yildan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan ortiqcha “yashil” elektr energiyasini Ozarboyjon orqali Yevropaga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Iyulda Ostona shahrida Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Qozogʻiston “Markaziy Osiyo — Ozarbayjon — Yevropa” “yashil energetika” yoʻlagini yaratish loyihasi boʻyicha protokol imzolagandi. Bahorda Toshkentda boʻlib oʻtgan investitsiyaviy forumda energetika tizimlarini integratsiyalash boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolangan.
Spotʻning Yevropaga eksport qilinadigan elektr energiyasi narxi haqidagi savoliga Mamadaminov narxni bozor belgilashi, lekin har kilovatt uchun kamida 4−5 sent boʻlishini aytdi.