Ayollar xotirjamligi va xavfsizligi indeksi (Women Peace and Security Index) ayollarning jamiyatdagi oʻrni boʻyicha davlatlar reytingini eʼlon qildi. Mazkur reytingda 177 ta davlat qatnashgan.

Women Peace and Security Index roʻyxatida keltirilgan davlatlar ayollar xavfsizligi, jamiyat ishlariga aralashish va ularga nisbatan adolat mezonlari boʻyicha saralangan.

Ushbu roʻyxatda Oʻzbekiston 94-oʻrinni egallab, Tojikiston (90 oʻrin), Qozogʻiston (80-oʻrin) va Turkmaniston (58-oʻrin) dan ayollarga yaratilgan sharoitlar boʻyicha ortda qolgan. Qirgʻiziston esa reytingning 95-oʻrnidan joy olgan.

Reytingga koʻra, ayollarga boʻlgan eng yaxshi sharoit boʻyicha Daniya birinchi oʻrinni egallagan. Shveysariya ikkinchi va Shvetsiya uchinchi oʻrinda qayd etilgan. Ayollar eng koʻp aziyat chekadigan mamlakat sifatida Afgʻoniston (177-oʻrin) eng soʻnggi oʻrinni egallagan.