Akmal Nur Yaponiya hukumatining Imperator ordeni bilan taqdirlandi

    2023-yil 3-noyabrda Yaponiya hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi raisi Nuridinov Akmal Vahobjonovichni “Chiqayotgan quyosh katta kordoni” ordeni bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, “Chiqatotgan quyosh katta kordoni” ordeni eng yuqori darajadagi mukofot boʻlib, faqat yuqori natijalarga erishgan shaxslarga beriladi.

    Orden oʻtgan yillar davomida Akmal Nuridinovning Oʻzbekistonda yapon madaniyatini ommalashtirish va ikki davlat oʻrtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasining eʼtirofi sifatida berildi.