Korrupsiya qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati oʻz xabarida mamlakatimizda davlat idoralari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Komplayens-nazorat tizimi amaliyotga tatbiq etilayotgani bunday tuzilmalar korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi kompleks tizim yaratish va rivojlantirishga katta hissa qoʻshayotgani haqida yozgan.
Bunga misol qilib, Oʻzbekiston bank tizimida ilk bor korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati qoʻlga kiritilgani ham buning oʻziga xos dalil ekanini taʼkidladi.
Joriy yilning 18-fevral kuni xalqaro ekspertlar tomonidan “Trastbank” rahbariyatiga ushbu xalqaro standartga muvofiqlikni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat topshirildi.
ISO 37001:2016 tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini oʻzida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir.
Mazkur xalqaro sertifikat endilikda bankda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va koʻrsatmalarni belgilab beradi.