Prezidentimizning 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida Qoʻqon shahri “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan shaharning madaniy va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish hamda jozibadorligini oshirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Ana shu vazifalar ijrosi doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan bir qator tadbirlar tashkil yetilishi rejalashtirilgan. Xususan, joriy yilning 20-yanvar kuni Qoʻqon shahrida “Baxshichilik sanʼatida ustoz-shogird anʼanalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya hamda Oʻzbekiston baxshilarining ijodiy gastrol konserti boʻlib oʻtadi.
Ilmiy-amaliy konferensiya soat 10:30 dan 12:30 gacha, Oʻzbekiston baxshilarining ijodiy gastrol konserti 14:00 dan 15:30 gacha Qoʻqon shahar 5-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi konsert zalida oʻtkaziladi.