Bugungi kunda davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, bu borada ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish va joriy qilish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlik olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: 2022-yil 11-aprelda Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolangan.
Unga muvofiq, davlat boshqaruvi va davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish sohasida BAAning rivojlanish tajribasi asosida “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi ishlab chiqildi. Loyiha Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan BAA Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Dastur — mamlakatda davlat boshqaruvi va davlat xizmati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan bo‘lib, mamlakatning milliy rivojlanish dasturi, sohaviy strategiyalarning ijrosini ta’minlashda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan davlat organlari va davlat xizmatchilarini munosib rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va BAA Hukumat ishlari vaziri Muxammad al-Gergavi ishtirok etib, ikki mamlakatning hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbollari haqida fikr bildirishdi.
Dasturda joriy yilning avgust oyida 17 ta vazirlik va 70 nafardan ortiq vazirlik xodimlari 8 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirok etdi. Taqdim etilgan anketalarni Dasturga muvofiq baholash maqsadida BAAdan 36 nafar malakali mutaxassis-assessor ham jalb qilindi. Ular vazirliklarga chiqishdi, Davlat boshqaruvi akademiyasida intervyular tashkil etishdi. Baholashda strategik maqsadlarni amalga oshirish, qadriyatlar, resurslarni yaratish imkoniyatlari inobatga olindi.
Nomzodlar “Institusional nominatsiyalar g‘olib va sovrindorlari” (Strategik maqsadlarni amalga oshirishda, Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirishda, Resurslardan samarali foydalanishda, Eng yaxshi tashabbus eng yaxshi loyiha nominatsiyalari) hamda “Individual nominatsiyalar g‘olib va sovrindorlari” (Namunali vazir o‘rinbosari, Namunali boshqaruv xodimi, Murojaatlar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha namunali xodim, Namunali ixtisoslashgan xodim, Namunali hududiy boshqarma xodimi nominatsiyalari) bo‘yicha rag‘batlantirildi.
G‘oliblarga hamkorlarning Dilpom va estalik sovg‘alari topshirildi.
“O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘olib va sovrindorlari
I. INSTITUSIONAL NOMINATSIYALAR G‘OLIB VA SOVRINDORLARI
I. NAMUNALI VAZIRLIK
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
3-o‘rin — Raqamli texnologiyalar vazirligi
II. STRATYEGIK MAQSADLARNI AMALGA OSHIRISHDA
1-o‘rin — Sog‘liqni saqlash vazirligi
2-o‘rin — Raqamli texnologiyalar vazirligi
3-o‘rin — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
III. FUNKSIYA, XIZMAT VA INNOVATSIYALARNI AMALGA OSHIRISHDA
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
IV. INTYEGRATSIYALASHGAN MEXANIZMLAR SOHASIDAGI NAMUNALI VAZIRLIK
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin — Madaniyat vazirligi
V. ENG YAXSHI TASHABBUS
1-o‘rin — “IT park” tashabbusi, “IT park” direksiyasi
2-o‘rin — “Yoshlar texnoparki” tashabbusi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
3-o‘rin — “AKIS-qishloq ho‘jaligi xizmatlari” tashabbusi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
VI. ENG YAXShI LOYIHA
1-o‘rin — “Qishloq xo‘jaligi xoldinglarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirish” loyihasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2-o‘rin — “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash” loyihasi, Suv xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin — “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi
II. Individual nominatsiyalar g‘olib va sovrindorlari
I. NAMUNALI VAZIR O‘RINBOSARI
1-o‘rin — Sherzod Rabiyev, Adliya vaziri o‘rinbosari
2-o‘rin — Ilhom Norkulov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
3-o‘rin — A’zam Kadirhodjayev, Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari
II. NAMUNALI BOSHQARUV XODIMI
1-o‘rin — Jamshid Abduzuxurov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi
2-o‘rin — Anvar Raupov, Energetika vazirligi xodimi
3-o‘rin — Zarifjon Ashurov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi
III. MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA XIZMAT KO‘RSATISH BO‘YICHA NAMUNALI XODIM
1-o‘rin — Jaloliddin Asamutdinov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi
2-o‘rin — Obidjon Mo‘minov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xodimi
3-o‘rin — Shaxbozbek Xakimov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi
IV. NAMUNALI IXTISOSLASHGAN XODIM
1-o‘rin — Sherimbetov Xalilulla, Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimi
2-o‘rin — Otabek Xaqberdiyev, Adliya vazirligi xodimi
3-o‘rin — Nosir Shukurov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimi
V. NAMUNALI HUDUDIY BOSHQARMA XODIMI
1-o‘rin — Asror Rustamov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimi
2-o‘rin — Axtam Daliyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi