Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab hamda Prezidentimizning shu yil 30-apreldagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ aviatashuvlar borasida gibrid modelga oʻtmoqda. Yangi modeldagi avitashuvlar “Uzbekistan Express” nomi ostida aviakompaniyadagi mavjud liniyalarda parvozlarni amalga oshiradi.
Uzbekistan Express ilk parvozini shu yilning 30-avgust kuni “toʻliq iqtisodiy klass”ga (ekonom) oʻtkazilgan “Airbus A320” havo kemasida Toshkent-Moskva-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiradi, deyiladi aviakompaniya axborot xizmati xabarida.