Yangilangan hisobotda prognozlar oʻzgartirilgan — mos ravishda 4,3 foiz va 4,8 foiz. Bu haqda European Bank for Reconstruction and Development oʻz (EBRD) oʻz veb-saytida xabar qildi.
Moliya muassasssining qayd etishicha, mintaqa poytaxtlari “koʻchmas mulk bozorida jadal surʼatlarda oʻsishni boshdan kechirmoqda”, mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish sanoati faol rivojlanyapti.
Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsish prognozi 2022-yil uchun 4 foizdan 5,5 foizga, keyingi yil uchun 6,5 foizga yaxshilangan.
Bundan oldin Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsishi boʻyicha prognozlarini yaxshilagandi. 2022-yilda Markaziy Osiyo YAIMi 3,9 foizga, 2023-yilda esa 4,2 foizga oʻsadi. Avvalroq ushbu prognozlar mos ravishda 3,6 foiz va 4 foizni tashkil etgandi.
Eslatib oʻtamiz, Fitch xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda 3,1 foizga, Jahon banki Oʻzbekistonda YAIM oʻsishi 2022 va 2023-yilga kelib mos ravishda 5,6 va 5,8 foizga yetishini bashorat qilgandi.